Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri, unda yashayotgan insonlarning jismonan sogʻlom, ruxan tetik, maʼnaviy yetuk va komilligi deb eʼtirof etiladi.
Maʼlumki, har bir inson oilada kamol topadi, uning ongini va dunyoqarashini shakllantirishga oiladagi muhit va oʻzaro shaxsiy munosabatlar katta taʼsir koʻrsatadi.
Oila mustaxkam, tinch, farovon va sogʻlom boʻlsagina, jamiyat barqaror rivojlanadi. Uning mustahkamligi oiladagi tinchlik — xotirjamlik, bir-biriga boʻlgan samimiy munosabatlar, oila aʼzolarining axloqiy tarbiyasiga bogʻliq. Aynan oilada insonlarga xos maʼnaviy — axloqiy qadriyatlar: oʻzaro xurmat — izzat, ishonch eʼtiqod, mehr-muhabbat, raxm-shavkat tuygʻulari yaqqol namoyon boʻladi. Ota-onaning muqaddas burchi va vazifasi nafaqat farzandni dunyoga keltirish, balki ularni yuksak maʼnaviyatli maʼrifatli va barkamol qilib tarbiyalash, jamiyatda oʻrnini mustaqil ravishda topishga shart — sharoit yaratib berishdan iborat. Sogʻlom farzand tarbiyasida oiladagi maʼnaviy muhitning toʻgʻri yoʻlga koʻyilishi, ota-onaning ibrati va masʼuliyati har qachongidan muhimdir. Ushbu masalada matonatli, fidoiy, sabr-toqatli, baʼzan tejamkor otaning ham, mexridaryo, bagʻrikeng, yumshoq koʻngil onaning ham oʻz oʻrni bor.
Chunki insonning eng sof va pokiza tuygʻulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bagʻrida shakllanadi
Har bir ota-ona farzandining shakllanishi va ruhiyatidagi oʻzgarishlariga juda qiziqadi, ammo oʻzlaridan “bolamga bugun kancha vaqt ajratdim?” deb soʻraganlarida, qoniqtiradigan javobni kam oladilar. Qilingan tajribalarda, asosan 6 yoshgacha boʻlgan davr ichida bolalarning shakllanishi ota-onalarning ularga qancha vaqt ajratishlari bilan bogʻliqligi kuzatilmokda. Vaqt ajratish — bolalar- ning markaziy nerv sistemasi rivojlanishiga yaxshi taʼsir kilishi eʼtirof etilmokda. Ota-ona kundalik ishlarini bir tomonga surib, bolalariga, albatta vaqt ajratishi zarur. Bolangiz bilan oʻtkazgan vaqtingiz uning ishonchini oshiradi. Chunki unga vaqt ajratishingiz, bolaga koʻrsatilayotgan eʼtiborni bildiradi. Chunki, farzandingiz sizga qanchalik yaqin boʻlsa, yomonliklardan shunchalik yiroqlashadi. Hayoti davomida siz va umuman oilasi bilan mustahkam bogʻlangan boʻlsa, muammolar kamayadi.
Hozirgi kundagi eng katta taxlika bolalarning taʼsirchanligiga nisbatan eʼtiborsizlikdir. Bu xolatga barham berilsagina, ekilgan koʻchatlar ertaga juda shirin mevalar tuxfa etadi. Bolalarimiz- dagi salbiy harakatlarni yoʻqotishni istasak, uning ijobiy harakatlarini koʻproq taʼkidlashimiz va bu mavzuda koʻproq suhbatlashishimiz kerak. Bolamizga “shuni aslo qilma, buni qila koʻrma, yana bir marta shunday gaplashma” tarzidagi soʻzlarni aytganimizda, uni salbiy harakatlarini koʻpaytirgan boʻlamiz, xolos.
Har bir ota-ona bolalariga har xil munosabatda boʻlishiga karamasdan, ularga mexr bilan yaqinlashganda koʻllab — kuvvatlaydigan soʻzlarni koʻproq ishlatishlari lozim. Qilgan har ishini maktash, bola saviyasiga mos munosabatga kirishish u bilan gaplashganda koʻzlariga karab gapirish kerak. Mexr-muhabbatli muhitda tarbiya topgan bolalarning sogʻlom oʻsishi ilmiy tadqiqotlarda ham isbotlangan. Mehr va sevgiga toʻla oila bagʻrida ulgʻaygan bolalar oʻsmirlik davrini kelishmovchilik- larsiz oʻtkaza oladi. Negaki, bu davrda har bir kiz va oʻgʻil bola biologik va psixologik oʻzgarishlarni boshidan oʻtkazadi. Bolaning doʻstlari davrasida oʻzgarishlar boʻladi. Bu davrda doʻstlik munosabatlari alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, bola tashqi taʼsirga tez beriladi. Oʻzi istagan doʻstlar davrasiga qabul kilinishi oʻsmir uchun muhim extiyojga aylangandek taassurot uygotadi. Bu davrda ota- onalar oʻsmirga yaqin doʻstiday muomala kilish shart. Sabr kilish qiyin, lekin uning mevasi shirin boʻladi. Har bir bolani yoshi, xarakterini hisobga olgan xolda unga toʻgʻri munosabatda boʻlish kerak.
Ular voyaga yetganlarida esa koʻllab — quvvatlash, erkalatish odatini davom ettirishda xushyor boʻlish lozim. Ortikcha sevgi ham zararlidir. Yaʼni ortikcha mehr-muhabbat va eʼtibor koʻrsatilgan bolalar erkatoy va xudbin, oʻziga ishonchsiz boʻladi.
Sayyora.MIRZAYEVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Psixologiya kafedrasi dotsenti