Yurtimizning 3 ta oliy taʼlim muassasasi Top-1000 roʻyxatdan joy oldi

0
88
marta koʻrilgan.

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education – THE reyting tashkiloti “World University Rankings-2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi. Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkiloti ilk bor fan reytingidan joy oldi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, muhandislik yoʻnalishida 501–600 oʻrinlar oraligʻida qayd etildi. Ushbu natija universitet qishloq xoʻjaligi texnologiyalari va muhandislik fanlari sohasida yangi innovatsiyalarni joriy etishda yuqori salohiyatga ega ekani hamda tabiiy fanlar boʻyicha olib borilgan tadqiqotlarning samaradorligini koʻrsatadi.  

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti esa tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800 oʻrinlar oraligʻida oʻz oʻrnini topdi. Ushbu natija universitetning tabiiy fanlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot salohiyati va boy ilmiy anʼanalarga ega ekanini tasdiqlaydi.  

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti taʼlim yoʻnalishida 601+, kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi. Ushbu koʻrsatkichlar universitetning zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish va taʼlim jarayonida ilgʻor yondashuvlarni joriy etgani hamda taʼlim tadqiqotlari, oʻqituvchilar malakasini oshirish va taʼlimdagi akademik tadqiqotlarning xalqaro ahamiyatini tasdiqlaydi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.