Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi yakunlanib, gʻoliblar oʻz mukofotlarini qoʻlga kiritdi va rivojlanish uchun jiddiy ragʻbatga – stipendiyalar, xorijda amaliyot oʻtash va grantlar olish imkoniyatiga ega boʻldi.
Biz Prezidentimizning ilm-fan, taʼlim, intellektual salohiyat – mamlakatimiz taraqqiyotining zarur sharti ekani haqidagi siyosatiga xayrixoh boʻlgan minglab insonlarni birlashtira oldik.
Mamlakatimizga “Zakovat” kabi tashabbuslar koʻproq kerak. Biz kelajagimizga sarmoya kiritishimiz lozim!
Manbaa: @SShMirziyoyeva