Ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratiladi

0
114
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida   Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida. 

Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani, keyingi bir yilda Prezidentning sohaga doir 11 farmon va qarori qabul qilingani qayd etildi. 

Lekin fan bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiya past darajada qolayotgani, ilmiy izlanishlar yetarlicha qoʻllab-quvvatlanmayotgani tanqid qilindi. 

«Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi, uning xaridori oldindan aniq boʻlishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etilishini qoʻllab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratilishi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oylik maoshlari bir necha barobar oshirilishini maʼlum qildi.

Kuni kecha Prezidentimizning «Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Uchrashuvda bu boradagi ishlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalar yaratish va sohaga tatbiq etish masalalari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.