Imom Buxoriy majmuasi buyuk maʼnaviy ustun boʻladi

0
31
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

Ezgu qadriyatlarimizga muvofiq, avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.

—  Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida turibmiz. Ilohim, mustaqilligimiz bardavom boʻlsin, yurtimizga koʻz tegmasin. Xalqimizni rozi qilish boʻyicha ishlarimizga Allohning oʻzi madadkor boʻlsin. Bu majmuani qurishdan maqsadimiz ham Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada koʻtarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish. Bunday xayrli ishlarimiz koʻp boʻlsin, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr etib kengaytirilgan. 10 ming kishiga moʻljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga ulugʻvorlik bagʻishlagan. Bugungi kunda qurilish va muhandislik ishlari bitkazilib, pardozlash bosqichi boshlangan. Bunda milliy anʼanalar va issiq ranglarga alohida eʼtibor berilgan.

Davlatimiz rahbari ushbu qurilish va pardozlash ishlari bilan tanishdi. Endi majmuada zamonaviy, xavfsiz boshqaruvni joriy etish zarurligini taʼkidladi.

— Bu majmua buyuk maʼnaviy ustun boʻlishi kerak, — dedi Prezident.

Mutasaddilarga barcha tuman va shaharlardagi tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini toʻgʻri talqin qilib yetkazish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Majmuada, shuningdek, muzey, naqshinkor ayvonlar, maʼmuriyat va xizmat koʻrsatish binolari qurilmoqda. Davlatimiz rahbari boʻlajak muzeyni ham koʻzdan kechirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.