Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildideya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
Ulamolar bilan boʻlgan suhbatda ilm-maʼrifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida soʻz yuritildi.
Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari koʻzdan kechirildi.
Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.