Imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

0
100
marta koʻrilgan.

Budapesht shahrida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralardan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban Oʻzbekiston Respublikasi va Vengriya oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Hujjatda muzokaralar doʻstona, ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgani qayd etilgan, har tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish koʻzda tutilgan, diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻlgani taʼkidlangan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida Oʻzbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi. Bular:

— 2023-2024 yillarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dastur;

— Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha harakatlar rejasi;

— Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha harakatlar rejasi;

— Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Fanni rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Shuningdek, bojxona, adliya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligi, uzumchilik, investitsiya sohalarida, Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi akademiyasi va Vengriya Davlat xizmati universiteti, Samarqand viloyati va Xaydu-Bixar okrugi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va Tashqi ishlar va savdo instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlar universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.