Innovatsion issiqxonada eksportbop mahsulotlar yetishtirilmoqda

0
189
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi innovatsion issiqxonani koʻzdan kechirdi. Innovatsionligi shundaki, bu joy ilgari tosh-shagʻal karyeri boʻlgan. Yerdan unumli foydalanish siyosati natijasida u ekinzorga aylantirildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

«Mega agro» masʼuliyati cheklangan jamiyati bu yerda Ispaniya texnologiyasi asosida issiqxona barpo etdi. Bu texnologiyada ekin polietilen quvurchalar orqali sugʻoriladi. Eng muhimi, suv isrof boʻlmaydi, doimiy aylanib turadi.

Tadbirkor uchun 16 gektar yer ajratilgan. Shundan 6 gektarida ochiq va yopiq issiqxona tashkil etilgan. Yana 2 gektarda Turkiya va Ispaniyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar oʻrnatilmoqda.

Issiqxonalarda «Aysberg» karami, pomidor, bodring, ularning koʻchatlari va har xil koʻkatlar yetishtiriladi. Ularni yurtimiz bozorlariga yetkazib berish, shuningdek, yiliga 1 million 500 ming dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan. Korxonada 100 ta ish oʻrni yaratilgan.

Davlatimiz rahbari Andijonda metall konstruksiyalar korxonasi tashkil etib, chetdan sotib olinayotgan materiallarni mahalliylashtirish, xususan, issiqxona detallarini ishlab chiqarish boʻyicha topshiriq berdi. Andijon qishloq xoʻjaligi instituti viloyatda agrar sohani innovatsion rivojlantirishga akselerator boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.