Innovatsion texnologiyalar asosida korxona salohiyatini oshirish boʻyicha koʻrsatma berildi

0
116
views

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo Mega-Luks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda 2012 yili tashkil etilgan qoʻshma korxonada polipropilen granulasidan turli hajmdagi qoplar ishlab chiqarilmoqda. Bu kimyo, qurilish, toʻqimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va nooziq-ovqat sanoatida,  qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qadoqlashda qoʻl keladi.

Prezidentimiz korxona salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali sifat va samaradorlikni oshirish, ichki bozorni toʻla egallab, tashqi bozorlarga ham chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here