Innovatsion texnologiyalar: Oʻzbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo boʻlishi mumkin

0
428
marta koʻrilgan.

2018 yilning uchinchi choragida jahon tajribasini oʻrganish asosida Oʻzbekistonda “aqlli qishloq” (smart village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida keltirilgan.
 
Qayd etilishicha, “Aqlli qishloq” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish taklif etilmoqda.
 
 Ochiq manbalarda keltirilishicha, “aqlli qishloq” deyilganda muqobil manbalardan foydalangan holda oʻzini toʻlaligicha energiya bilan taʼminlaydigan uylar tushuniladi. Uylar shamol generatorlari, fotoelektr panellari, termonasoslar va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.
 
“Aqlli qishloq” konsepsiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etishni ham koʻzda tutadi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.