Inson qadri uchun:   Ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlandi

0
157
marta koʻrilgan.

 Yangibozor tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi barcha mahalla raislarining oila va xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining bekor qilinishini qonuniyligi ahvoli soʻrov yoʻli  bilan monitoring qilindi.

Oʻtkazilgan monitoringda, tumandagi 28 nafar mahalla fuqarolar yigʻini raislarining oila va xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishida Mehnat Kodeksining 109-moddasi talablariga muvofiq jami 39 mln. 817 ming. 680 soʻm miqdorida ishdan boʻshatish nafaqasi Yangibozor tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan oʻrganish kuniga qadar toʻlanmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 109-moddasida, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishi  (Ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishidan maqsad xodim oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli ishdan boʻshatilganida boshqa ish topish uchun ketgan vaqti davomida uni moddiy qoʻllab quvvatlashdan iboratliligi, ishdan boʻshatish nafaqasi xodimga toʻlanadigan  kompensatsiya toʻlovidan farqlanmogʻi lozimligi,) hamda ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan adliya organlariga belgilab berilgan vazifaga asosan huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash choralarini amalga oshirilishi natijasida, mehnat shartnomasi bekor qilingan
 28 nafar mahalla fuqarolar yigʻini raisining oila va xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlariga jami 39 mln. 817 ming. 680 soʻm miqdorida ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishi taʼminlandi.

 Doniyor Bekchanov, Xorazm viloyati Yangibozor tumani adliya  boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi                                                                                                                  

 

 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.