Iqtisodiyot va boshqaruvdagi islohotlarning borishi yuzasidan fikr almashildi

0
97
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni oʻzining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Unda mamlakatimizdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari barcha muhim yoʻnalishlardagi yangilanishlarga toʻxtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini taʼminlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini shuningdek, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida taʼkidladi.

Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda Oʻzbekiston tomonidan koʻrilayotgan samarali chora-tadbirlar  iqtisodiy islohotlarning dinamikasini taʼminlayotganini taʼkidlab, bu sohadagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qoʻllab-quvvatladi.

Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yoʻnalishlar ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.