Andijon tumanida «Andijan Silk.Co» qoʻshma korxonasi ochildi

0
228
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonaga tashrifi chogʻida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start berdi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasida pilla qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 29 martdagi qaroriga muvofiq “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgan edi. Uyushma tomonidan bugungi kunda tarmoqni jadal rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipak qurtini yangicha usulda parvarishlash, ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganish orqali pilla sifati va miqdorini oshirish boʻyicha qator ishlar olib borilmoqda.

«Andijan Silk.Co» qoʻshma korxonasiga 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan ip yigiruv va tikuv mashinalari keltirib oʻrnatildi. Natijada 150 kishi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Joriy yil oxirigacha ishchilar sonini 300 taga yetkazish koʻzda tutilmoqda.

Loyiha toʻliq quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta ishlanadi. 2018 yilning oʻzida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerning oʻzida pillachilikni rivojlantirish, charm-poyabzal, qurilish materiallari, ip-kalava hamda gazlamalar ishlab chiqarishga moʻljallangan loyihalar taqdimoti ham oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.