Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari biznes-forumga tashrif buyurdi

0
120
marta koʻrilgan.

Bu ishbilarmon doiralarning faol hamkorligini qoʻllab-quvvatlash davlat rahbarlarining eʼtiborida ekani, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishining yana bir tasdigʻi boʻldi.

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Xorijiy sarmoyalarni ragʻbatlantirish va toʻliq himoya qilish maqsadida zarur meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga gʻov boʻlib turgan turli toʻsiqlar olib tashlandi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni qatʼiy davom ettirgan holda, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati keskin kamaytirildi. 

Tadbirkorlik subyektlarini litsenziyalash jarayonlarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga doir qarorlar qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatida 42 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari bekor qilindi. 38 turdagi faoliyat uchun litsenziyalar 17 tagacha optimallashtirildi, 25 turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Soliq konsepsiyasi biznes va investorlar uchun juda katta yengillik beradi. 

Mamlakatimizning har bir viloyatida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilgani, ularda investorlar barcha turdagi soliq toʻlovlari va import bojlaridan ozod etilgani taʼkidlandi. Hozirgi kunda 300 dan ziyod investorlar erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda. 

Turkiya ishbilarmonlari uchun ham alohida qulayliklar yaratildi. Kirish vizalari bekor qilingani, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani oʻzaro aloqalarga keng yoʻl ochdi.

Bugungi kunda yurtimizda Oʻzbekiston – Turkiya hamkorligida 500 ga yaqin qoʻshma shirkat faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ularning 59 tasi shu yilning birinchi choragida tashkil etilgan.

Turkiya Prezidenti va ishbilarmonlari Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yili  bunday qulaylik va yengilliklar biznesmenlarning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qiziqishini oshirganini taʼkidladi.

Ushbu biznes forum doirasida 3 milliard dollarlik investitsiya loyihalari boʻyicha bitimlar imzolangani buning tasdigʻi boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rajab Tayyip Erdogʻan ishbilarmonlar bu kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha faol ish olib borishi zarurligini taʼkidladilar.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.