Prezident «Milana textile» korxonasi bilan tanishdi

0
192
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga oʻtgan yilgi tashrifi chogʻida Andijon tumani Xakan qishlogʻida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi.

«Milana textile» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 milliard soʻm oʻz mablagʻi va «Aloqabank» viloyat filialidan olingan 2 milliard soʻm kredit evaziga uch qavatli bino rekonstruksiya qilinib, Turkiya va Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib oʻrnatildi. 

Bugungi kunda korxonada  ayollar va bolalar uchun 20 turdan ortiq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.

Eng muhimi, tumandagi 200 nafardan ortiq qishloq xotin-qizlari doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. 

Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.

Sizlarning koʻzlaringizni koʻrib, juda xursand boʻldim. Qiz bolaning kulgusi, hayotdan roziligi — oilaning baxti, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.