Qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi

0
83
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan taʼminlash borasidagi ishlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Prezidentning 2016 yil 17 noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil etildi.

2017 yilda qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 marta, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.

Yigʻilishda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish boʻyicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xoʻjaligi texnika bilan 85 foiz taʼminlangani, ularning maʼlum qismi eskirgani, ularni oʻz vaqtida yangilash choralari koʻrilmagani qattiq tanqid qilindi. Belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida ijrosini nazorat qilmagani uchun Bosh vazir oʻrinbosari-“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi N. Otajonovga xayfsan berildi. Ishda yoʻl qoʻygan sustkashliklari uchun “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosarlari-“Oʻzagroservis aksiyanerlik jamiyati bosh direktori R. Axmedov, “Oʻzagrolizing” aksionerlik jamiyati bosh direktori X. Imamov, Vazirlar Mahkamasi Ahborot tahlil departamenti mudiri A. Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021 yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Bahorgi agrotexnika tadbirlari uchun rejalashtirilgan texnikani toʻliq yetkazib berishni qattiq nazoartga olish, mashina-traktor parklari tizimini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.