Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshiriladi

0
32
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshiriladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, shuningdek, pedagog va tibbiyot xodimlari mehnatini qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida:

1. 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm;

fuqarolarga toʻlanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.

2. 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab:

byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;

byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;

bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilandi.

3. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplananadi.

4. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etiladi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.