Islom Karimov xotirasi hamisha yodda

0
47
marta koʻrilgan.

2 sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yigʻildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligini eʼlon qilgan va uni taraqqiyot yoʻliga olib chiqqan yetakchidir. Davlatimiz rahbari Mustaqillik bayramidagi nutqida buning tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidladi:

«Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik».

Shunday qutlugʻ kunda davlatimiz mustaqilligi uchun kurashgan va unga xizmatlari singgan vatanparvar insonlar xotirasini minnatdorlik bilan yodga olishimiz tabiiydir. Birinchi Prezidentimiz tarixning tub burilish pallasida, ogʻir davrda mamlakatimizga rahbarlik qilgan edi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida Qurʼon tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi turmushini yaxshilash borasidagi xizmatlari yodga olindi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham Birinchi Prezidentimiz haykaliga gullar qoʻydi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham boʻlib oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.