Isroil Madrimovdan yana bir super gʻalaba

0
112
marta koʻrilgan.

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov bugun oʻzining uchinchi jangini oʻtkazdi.

AQSHdagi mashhur “Medison Skver Garden” arenasida tashkil etilgan boks oqshomida yurtdoshimizga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qildi.

Oʻnta raundga moʻljallangan jang oxirigacha yetib bormadi. Bunga esa bokschimizning kuchli va aniq zarbalari sabab boʻldi. Jangning 6-raundida Madrimov oʻzining ajoyib seriyalari bilan raqibini karaxt vaziyatga soldi va referi jangni toʻxtatdi. Bu Isroil uchun uchinchi jang edi va u mazkur janglarning barchasini muddatidan avval gʻalaba bilan yakunlamoqda.

Hamyurtimizning kelgusi faoliyatida ham mana shunday yorqin gʻalabalar tilab qolamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.