10 noyabr kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini Oʻzbekiston Prezidenti va rafiqasi samimiy qarshi oldilar.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.