Ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tarixiy hujjatlar imzolandi

0
48
marta koʻrilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Umuman, tashrif davomida Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat, jumladan:

– Sanoat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari, xalqaro avtomobil va aviatsiya qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bayonnomalar;

– Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish idoralari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik, agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xarita”lari;

– Andijon, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Soʻgʻd viloyati, Qashqadaryo viloyati va Xatlon viloyati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar va 2024-2026 yillarga moʻljallangan “yoʻl xarita”lari hamda boshqa hujjatlar imzolandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.