Jahon banki bilan istiqbolli bitimlar imzolandi

0
252
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni Vashington shahridagi Jahon banki shtap-kvartirasida ham boʻldi. Davlatimiz rahbarini Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim kutib oldi.

 Bugungi kunda Oʻzbekiston va mazkur bank oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. 2020 yilgacha hamkorlik qoʻshma dasturiga umumiy qiymati 4 milliard dollar boʻlgan 27 ta muhim loyiha kiritilgan. 

Uchrashuv chogʻida bogʻdorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmat koʻrsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi. 

Muzokarada yangi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi, hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.