Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Bugungi musobaqada bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov(-52 kg) hamda Elnur Abduraimov (-63 kg) ringga koʻtarilishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
-52 kg vaznli bokschimiz Shahobiddin Zoirov JCH-2019 dagi ilk jangini turkmanistonlik Ixlas Gulijanovga qarshi oʻtkazdi va yaqqol ustunlik evaziga 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
-63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ilk jangini jazoirlik Reda Benbazizga qarshi oʻtkazdi. Ushbu sportchimizning ham 5:0 hisobida raqibidan qoʻli baland keldi.