Jahon chempionati: terma jamoamiz aʼzosi finalda, ammo…

0
136
marta koʻrilgan.

Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati bahslarida  -72 kg vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan sportchimiz Aram Vardanyan final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. U yarim final bahsida bolgariyalik Mnatsakanian ustidan ishonchli – 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Endi Vardanyan jahon chempionligi uchun kechadigan bahsda rossiyalik A.Mansigovga bilan bellashadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar beradi.

Taassufki, Aram Vardanyan ertaga jahon chempionatining oltin medaliga sazovor boʻlsa-da, Tokio-2020 olimpiadasiga yoʻllanma yoki qimmatli reyting ochkolariga ega boʻlolmaydi. Boisi, mazkur vazn toifasi Olimpiya oʻyinlari dasturidan chiqarib tashlangan.

-82 kg vazn toifasida esa hamyurtimiz Nurbek Hoshimbekov final ostonasida magʻlub boʻldi va endi u bronza medali uchun kurashadi. Hoshimbekov yarim finalda gruziyalik Lasha Gobadzega imkoniyatni boy berdi. Har ikki vazn toifasida medallar uchun bellashuvlar ertaga oʻtkaziladi.

Ertadan jahon chempionati doirasida Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan vazn toifasidagi kurashchilar ham bahslarga kirishadi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.