Jahon eʼtiboridagi oʻzbek musiqachisi

0
250
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida dunyoning yetakchi musiqa jamoalari, nufuzli orkestrlari bilan birgalikda konsert berayotgan hamyurtimiz Behzod Abduraimov bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Joriy yilning 15-16 fevral kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida boʻlib oʻtadigan konsert dasturi oldidan tashkil etilgan ushbu uchrashuv samimiy, iliq ruhda oʻtdi. 

Yosh pianinochi Behzod Abduraimovning noyob isteʼdodi, yuksak mahorati dunyodagi yetakchi nashrlar tomonidan eʼtirof etilmoqda. 

1990 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan Behzod besh yoshidan musiqa bilan oshno. U Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida tahsil oldi. 

Oʻqishni AQSHning Park University huzuridagi xalqaro musiqa maktabida davom ettirgan Behzod 2009 yilda Londonda boʻlib oʻtgan xalqaro yosh fortepyanochilar tanlovida Gran-pri sohibi, 2010 yili Germaniyaning Kissinger Sommer tanlovi sovrindori boʻldi. 

Soʻnggi yillarda B.Abduraimov jahondagi eng yetakchi simfonik orkestrlar, mohir dirijyorlar bilan konsert dasturlari, musiqiy loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 

– Oʻzbekiston tarixi, madaniyati, ilm-fani gʻoyat boy mamlakat, – dedi yosh pianinochi. – Koʻplab isteʼdodlarga Vatan boʻlgan bu zaminda klassik musiqaga bagʻishlangan yirik festival tashkil etishni, shu bilan birga oʻzbek milliy mumtoz asarlarini fortepyanoda ijro etishni orzu qilaman. Negaki, musiqa har bir insonga suv va havo singari zarur boʻlgan bebaho neʼmatdir. 

 Nazokat Usmonova, OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.