Namangan viloyatidagi Kosonsoy tumani tarixi muzeyi jamoasi 23-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida bolajonlar uchun koʻchma muzey tashkil qildilar.
Muzeyi xodimlari H.Karayev, M.Akramov, R.Ataxanovalar bolajonlarga koʻhna tumanning tarixi haqida koʻrgazmali asbob- uskunalar orqali qiziqarli tarzda hikoya qilib berdilar. Kichkintoylar qadimiy hunarmandchilik namunalari bilan tanishtirildi. Tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi.
R.Ataxanova, muzey xodimi