Jamoat transporti faoliyati qayta tiklanganda karantin talablariga rioya qilish talab etiladi

0
94
marta koʻrilgan.

RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI ga koʻra joriy yilning 8 iyunidan — «sariq»  va «yashil»  hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qatʼiy rioya qilish talab etiladi:

Avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda toʻliq dezinfeksiya qilish.

Haydovchilarni tibbiy niqob va qoʻlqoplar bilan taʼminlash hamda ularning muntazam ravishda oʻz vaqtida almashtirib borish choralarini koʻrish.

Avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yoʻlovchilarni kiritish.

Transport vazirligining masʼul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Yoʻlovchilardan esa karantin talablariga qatʼiy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash soʻrab qolinadi. Jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.