Jan Muhammad Qosim: Saylov jarayonida kamchilik koʻrmadim

0
106
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonda davom etayotgan Prezident saylovini xorijlik kuzatuvchilar faol kuzatib bormoqda. Ular saylov uchastkalarida boʻlib, saylovchilarga yaratilgan sharoitlar, ovoz berish jarayonini bevosita kuzatmoqda.

Buning uchun kuzatuvchilarga zarur sharoitlar yaratilgan. Ular saylov uchastkasiga borib roʻyxatdan oʻtgach, saylovni oʻtirib bemalol kuzatishi mumkin.

Toshkent shahridagi 362-saylov uchastkasiga tashrif buyurgan Pokiston fanlar akademiyasi rektori, doktor Jan Muhammad Qosim bilan muloqot qildik.

— Aytingchi, saylov jarayoni haqida qanday fikrdasiz va bugungi kuzatuvlaringiz sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

— Saylov – demokratiyaning asosiy belgilaridan biri boʻlib, har bir mamlakat hayotida muhim oʻrin tutadi. Xalq saylovlar orqali oʻz xohish-irodasini amalga oshiradi. Oʻzbekistonda saylov jarayonlarini kuzatish uchun kelganimdan mamnunman. Odamlarning faolligi, saylovga jiddiy qarayotgani eʼtiborimni tortdi. Bu yerda yoshlar oʻylaganimdan koʻra ancha faol.

Shuni yana qoʻshimcha qilmoqchi edimki, odamlarga saylovda erkin ovoz berishi uchun zarur sharoitlar taʼminlangan.

— Saylov jarayonida kamchiliklar ham kuzatildimi?

— Kunning birinchi yarmi davomida odamlarning saylov uchastkasiga kirib kelishi, roʻyxatdan oʻtishi va oʻz ovozlarini yashirin ravishda berib, saylov qutisiga byulletenlarni tashlayotganini sinchiklab kuzatdim. Biror bir kamchilikka duch kelmadim. Juft-juft boʻlib kelgan odamlar ham bir-biriga xalaqit bermay ovoz bermoqda.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston xalqini saylov muvaffaqiyatli oʻtayotgani bilan tabriklayman!

OʻzA muxbiri N.Abduraimova suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.