Jizzaxda 6 milliard 100 million dollarlik loyihalar rejalashtirilgan

0
36
marta koʻrilgan.

Oxirgi besh yilda Jizzax viloyatiga 4 milliard dollardan ortiq investitsiyalar kirib kelgan. 50 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 861 million dollarlik eksport qilingan, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu yil viloyatda 2 milliard dollarlik 400 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda 11 mingta yangi ish oʻrni ochiladi.

Davlatimiz rahbariga bu sohadagi rejalar taqdimot qilindi. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar 6 milliard 100 million dollarlik 50 ta loyihani amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.  

Loyihalar togʻ-kon, mashinasozlik, elektr texnikasi, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va farmatsevtika kabi talab yuqori sohalarda. Muhimi, ularning natijasida qariyb 20 ming yangi ish oʻrni yaratiladi.

Prezidentimiz investorlarga loyihalarni amalga oshirishda omad tiladi. Mutasaddilarga ularning ijrosini alohida nazoratga olish topshirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.