Jizzaxda oliy taʼlim muassasalari koʻpaymoqda

0
127
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu universitet Rossiyadagi eng qadimiy va keng qamrovli oliy taʼlim muassasalaridan biri. Uning Jizzax filiali oʻtgan yili ish boshladi va bugungi kunda 325 nafar talaba taʼlim olmoqda. Umuman, muassasa 1 ming 88 oʻrinli.

Bu yerda davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiyot biokimyosi, jurnalistika, iqtisodiyot, geologiya, tilshunoslik, dasturiy muhandislik, axborot tizimlari va texnologiyalari hamda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi 11 yoʻnalishda mutaxassis tayyorlanadi.

Davlatimiz rahbari muassasa uchun qoʻshimcha bino ajratib, qulayliklarni kengaytirish boʻyicha koʻrsatma berdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here