Jizzaxda shakar zavodi quriladi

0
154
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi. 

Bu suv inshooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar yerni suv bilan taʼminlash, ekin maydonlarini kengaytirish imkonini beradi. Shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan, kuchli yer koʻp. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.

Biz bu hududda lavlagi yetishtirish, uni qayta ishlab, shakar chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirganmiz. Bu mamlakatimizning shakar mustaqilligini taʼminlash uchun juda zarur. Qayta ishlangan mahsulotni ozuqa sifatida ishlatib, chorvachilikni ham rivojlantiramiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu yerda 2018-2019 yillarda Jizzax viloyatida irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan ishlar, gidroinshootlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Zomin va Zafarobod tumanlarida mikroGESlarni qurish va modernizatsiya qilish investitsiya loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. 

Davlatimiz rahbari ushbu qurilish va modernizatsiya ishlarini sifatli bajarish, buning uchun moliyaviy va tashkiliy koʻmak koʻrsatish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.