Jizzaxda “Yoshlar haftaligi”gi

0
242
marta koʻrilgan.

Jizzaxda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi va koʻpgina davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Yoshlar haftaligi”  oʻtkazildi.

Yosh ijodkorlarga eʼtibor. Haftalik doirasida Baxmal tumanidagi “Novqa” ziyoratgohi bogʻida, Gʻallaorol tumanida “Marjon” bolalar oromgohida taniqli shoir va yozuvchilar hamda 800 nafar yosh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Sheʼriy toʻplamlar muhokama etildi. Baxmaldagi uchrashuvda Respublika Yozuvchilar uyushmasi va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan 4 nafar qalamkashlarning sheʼriy toʻplamlarini chop etish boʻyicha tavsiya berildi. Yigirma nafar  yoshlar Respublika yosh ijodkorlar kengashi aʼzoligiga qabul qilindi.

Baxmal tumanida esa kelajagi porloq isʼtedod egalari Yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Jinoyatchilikning oldini olish borasida seminar. Haftalik doirasida Zomin, Baxmal, Gʻallaorol tumanlari va Jizzax shahridagi taʼlim muassasalari direktor oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari, psixologlar, mahalla mutaxassislari, profilaktika inspektorlari bilan jinoyatchilikning oldini olish yoʻnalishida seminar treninglar tashkil etildi.

Soha  mutaxassislari oʻquv mashgʻulotlarini video materiallar, slaydlar namoyish etish orqali interaktiv usullarda olib borishdi. Yoshlar bilan ishlashda yangi mexanizm asosida ish yuritish tavsiya etildi.

Psixolog maslahatxonasi. Haftalikda  ushbu  faoliyatga ham alohida eʼtibor berildi. Ajrim yoqasidagi yosh oilalar bilan psixologlarning suhbatlari uyushtirildi. Yarashtiruvlar amalga oshirildi, yangi tuzilgan oilalarga nigoh guvohnomalari  tantanali topshirildi. Nikoh qurish arafasidagi yoshlar bilan esa yakka tartibda muloqot olib borildi, mutaxassislar tomonidan tegishli maslahtlar berildi.

Tarbiyasi ogʻir bolalar bilan ishlash. Gʻallaorol va Baxmalda istiqomat qilayotgan 32 nafar IIB profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar, tarbiyasi ogʻir bolalar uchun alohida psixologik treninglar, yakka tartibdagi suhbatlar tashkil etildi.

Muloqotlar soʻnggida “ijobiy” deb topilgan 5 nafar voyaga yetmaganlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobidan chiqarish boʻyicha tavsiyalar berildi. Masʼullarga tarbiyasi ogʻir bolalar bilan ishlash boʻyicha t yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Sardorlar uchun yoʻl xaritasi. Baxmal, Gʻallaorol tumanlaridagi 170 ta taʼlim muassasalarining 340 nafar “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari ishtirokida interaktiv usulda oʻquv-seminar oʻtkazildi. Yoshlarning yetakchilik (liderlik) qobiliyatini yanada rivojlantirishga koʻmaklashildi.

Oʻquv-seminarlarda umumiy oʻrta taʼlim maktab sardorlarining 2018-2019 oʻquv yilida oʻzlashtirishi past boʻlgan tengdoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi» ishlab chiqildi.

Sport. Ushbu tadbirlarga 2 328 nafar yosh jalb qilinib, tuman va shaharlarning markazlarida hamda chekka qishloqlarda futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, yugurish, kurash, shashka va shaxmat, suzish, dzyu-do, kikboksing, tosh koʻtarish, qoʻl toʻpi, arqon tortish va boks musobaqalari uyushtirildi.

 Ushbu haftalik yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularni  ijtimoiy, maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

 Haftalik doirasidagi tadbirlar davom etayapti.

Gulchehra Ashurova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.