Joriy yildagi qurilish ishlarining 94 foizi nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan

0
173
marta koʻrilgan.

Davlat Statistika qoʻmitasi hisobotiga koʻra, joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 26 691,2 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, mazkur qurilishning oʻrtacha 94 foizi mulkchilik shakliga koʻra nodavlat tashkilotlar (25 271,7 mlrd.soʻm), 6 foizi davlat tashkilotlari (1 419,5 mlrd.soʻm) hissasiga toʻgʻri keladi.

Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 6 690 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 110,4 % boʻlib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi oʻtgan yildagi koʻrsatkich darajasidan 0,3 % ga koʻpaygan.

Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,8 %i toʻgʻri kelib, oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkichga nisbatan 0,1 % punktga koʻpaydi.

Norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan qurilish ishlari ulushi oʻtgan yildagi koʻrsatkichga nisbatan 0,4 % punktga kamayib, 19,1 % ni tashkil yetdi va 5 114,2 mlrd. soʻm miqdorida qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.