“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida respublikamizning barcha hududlarida manzilli ishlar olib borilmoqda. Bu borada aholiga mahalliy Kengashlarning deputatlik guruhlari tomonidan ham amaliy yordam berib kelinmoqda.
Kam taʼminlangan, ehtiyojmand va nogiron fuqarolarni karantin davrida qoʻllab-quvvatlash maqsadida hokimliklar, tijorat banklari mutasaddilari bilan aholiga “HUMO” plastik kartochkalari taqdim etilmoqda.
Toshkent shahar va Sergeli tumani Xalq deputatlari Kengashi deputatlari Mahalla va oila masalalari vazirligining Sergeli tumani boʻlimi va «Asakabank»ning filiali bilan hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda. Tumanning sahovatpesha tadbirkorlari tomonidan 4 ming 460 nafar fuqarolarga mablagʻlar ajratildi. Ularni 3 oy davomida 1 milliondan jami 3 million soʻmdan mablagʻ bilan taʼminlanib borishadi.
Moddiy yordamni manzilli yetib borishini taʼminlash maqsadida tumandagi “Navqiron” mahalla fuqarolar yigʻinida Sergeli tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati X.Dadabayev bilan mahallada istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan va nogironlari bor oilalar aʼzolari bilan suhbat oʻtkazdik. “XUMO” plastik kartalari tarqatildi.
Suhbat jarayonida Yurtboshimiz tomonidan aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida olgʻa surilgan ”Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tashabbusini qoʻllab quvvatlovchi tadbirkorlar tomonidan ajratilgan moddiiy yordam boʻyicha tushuncha berib oʻtildi. Bu kabi tadbirlar tumanning barcha mahallalarida oʻtkazilmoqda.
Hayotxon QOʻChQAROVA, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati