Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi 33-umumiy oʻrta talim maktabimizda Keksalar haftaligi doirasida nafaqat oʻquv maskanimizda balki, har bir sinfda maʼrifat soatlari oʻtkazildi.
“Keksalar- yoshlar nigohida” mavzuidaga ushbu tadbirlarga qishlogʻimizdagi piru badavlat otaxon va onaxonlar taklif qilindi. Ular oʻzlarining xayot tajribalari, Yangi oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida oʻkuvchilar bilan fikrlashdilar. Oʻquvchilarning koʻplab savollariga javob berdilar.
Ushbu uchrashuv va saboqlar oʻquvchilar uchun maʼnaviyat-maʼrifat darslari boʻldi. Shu bilan birga keksalar ham hamon eʼtiborda ekanligidan xursand boʻlishdi. Ularning hayotiga mazmun — mohiyat kirdi. Oʻquvchilarning badiiy chiqishlari, keksalarga atalgan sheʼr-qoʻshiqlar, raqslar ularning kayfiyatini koʻtardi.
Uch avlod uchrashuvini tashkil etishga oʻzining munosib xissasini qoʻshgan maktab manaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Muhabbat Otajanova va sinf rahbarlariga oʻz minnadorchiliklarini bildiradilar.
Dilfuza Amanbayeva, 33-son maktabning matematika oʻqituvchisi