Kichkintoy Eshmetov Mirjalolning dastlabki gʻalabasi

0
150
marta koʻrilgan.

Xorazmda sportning muatay turi boʻyicha   Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir istedodli bolajonlar safini yanada kengaytirdi. Ularga sogʻlom turmush tarziga rioya qilib yashash zavqini his qildirdi.

Urganch shahridagi 1-son maktab oʻquvchisi Eshmetov Mirjalol sportning ushbu  turi boʻyicha 2007-2013 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi bellashuvda gʻolib boʻldi.

Sakkiz yoshli bolakay  mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda qatnashganidan, dastlabki yutuqidan behad xursand. Ayniqsa, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov imzosi bilan olingan 1-darajali diplom, gʻoliblik pasporti hamda medal uning quvonchiga quvonch qoʻshdi. 

Ushbu tadbir pandemiya davrida koʻplab oilalarga nur olib kirdi, desak arziydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.