Kim Dong Yon: Prezident Shavkat Mirziyoyev kuchli siyosiy irodaga ega

0
95
marta koʻrilgan.

Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 13 fevral kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, strategiya va moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Kim Dong Yonni qabul qildi.

Kim Dong Yon qabuldan soʻng ommaviy axborot vositalari vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzaro hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat manfaatdorlik, balki oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili noyabrda Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan borgan edi. Ushbu tashrif Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlarga boʻlgan qiziqishini tubdan oshirdi. Mamlakatingizga kelishimdan maqsad  — ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishdir. 

Prezident janobi oliylari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish hamda janubiy koreyalik ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradigan qator amaliy takliflarni bildirdi.

Janubiy koreyaliklar Oʻzbekistonda mamlakatni barqaror rivojlantirish, aholi turmush sifati va farovonligini oshirish maqsadida, davlatning xalq manfaatlarini taʼminlashi yoʻlida olib borilayotgan islohotlardan yaxshi xabardor. Shavkat Mirziyoyev bu maqsadlarga erishish uchun qatʼiyat va kuchli siyosiy irodaga ega. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev har kuni, har daqiqa el-yurti farovonligini oʻylaydi. Uning rahbarlik qobiliyati va aniq maqsadga intiluvchanligi atrofdagilarga ham ruh, kuch-gʻayrat bagʻishlaydi. Men uning timsolida buyuk rahbar va oddiy insonni koʻraman. Oʻzbekiston xalqining Prezidentga chuqur hurmati va ishonchi aynan shu fazilat – yirik siyosatchi boʻlish bilan birga oddiy va samimiy inson boʻlib qolgani tufayli, deb oʻylayman.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.