Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni kimyo sanoatida 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Soʻnggi yillarda bu tarmoqda sezilarli oʻzgarish boʻlgani, yangi texnologik zanjirlarni yaratish uchun investitsiyalarga keng yoʻl ochilgani bilan, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emasligi qayd etildi.
Shu bois tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga hali ishlatilmagan imkoniyatlarni, hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni aniq koʻrsatib oʻtdi.
Masalan, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirib, kimyo korxonalarida qoʻshilgan qiymatni hozirgidan bir necha barobar oshirish mumkin.
Prezidentimiz bu boradagi kamchiliklarni qayd etib, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga koʻpaytirish vazifasini qoʻydi.
Hukumatga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etish, mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solish va loyihalarni jadallashtirish boʻyicha qatʼiy topshiriqlar berildi.
Tarmoqdagi har bir korxonani raqamlashtirish, quvvatlardan oqilona foydalanish, energiya samaradorlikni oshirish va tannarxni kamaytirish boʻyicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.