Kitobxonlik bizni birlashtiradi

0
350
marta koʻrilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan 1 apreldan 23 aprelga qadar Oʻzbekiston boʻylab oʻtkazilayotgan “Kitobxonlik bizni birlashtiradi!” xayriya aksiyasi doirasida hududlardagi mehribonlik uylarida maʼrifiy tadbirlar, muloqotlar oʻtkazilmoqda.

Agentlik tasarrufidagi “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti jamoasi Toshkent shahridagi 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.

Nashriyotning ijodiy xodimlari bolalarga kitobni tayyorlash jarayoni, qoʻlyozma holida oʻqish, xatolarini tuzatish, sahifalash, muqovasining dizaynini ishlash, bosmaxonada chop etish haqida qiziqarli taqdimot namoyish etishdi. Bitta kitobni nashrdan chiqarish qancha katta mehnat talab qilishi, buning ortida necha-necha odamlarning zahmati yotgani uqtirildi.

Mehribonlik uyi direktori oʻrinbosari Ziyoyeva Nargiza boshchiligidagi tarbiyachi-pedagoglar ishtirokida yangi asr avlodi boʻlgan oʻgʻil-qizlarga kitobning oʻrni, ahamiyati haqida ibratli maʼlumotlar berildi.

“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti vakillari bilan suhbatdan soʻng kitobxon bolajonlar oʻzlari erishgan yutuqlar haqida soʻzlab berishdi, oʻz qoʻllari bilan yasagan turli xil ashyolar koʻrgazmasini, chizgan rasmlarini namoyish etishdi.

Nashriyot jamoasi mehribonlik uyiga kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.