“KIVA” – kunjut pastasi va kunjut holvasi Urganchda ishlab chiqariladi

0
363
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Splash Urganch” masʼuliyati cheklangan jamiyati kunjutni qayta ishlashga ixtisoslashgan.

Qirq nafar kishi mehnat qilayotgan korxonada “KIVA” yorligʻi ostida tahin – kunjut pastasi va kunjut holvasi ishlab chiqarilmoqda. 

“Qirol nonushtasi”, deya taʼriflanadigan tahin – kunjut tarkibida inson salomatligi uchun zarur vitaminlar koʻp boʻlib, u organizmdagi zaharlarni yoʻqotadigan ozuqadir. Inson terisini goʻzallashtirib, tanani yoshartiradi, immunitetni kuchaytiradi. Koʻz nurini ravshanlashtirishda, xotirani mustahkamlashda, bolalarning aqliy rivojlanishida, nafas torligi va bronxit kasalliklarini bartaraf etishda, jigarni tozalashda tahinning foydasi bisyor. 

– Kunjutdan tayyorlangan mahsulotlarni butun dunyo sevib isteʼmol qiladi, – deydi korxona rahbari Ruslan Qalandarov. – Joriy yilda 1000 ta fermer xoʻjaligi bilan kunjut yetishtirish boʻyicha shartnoma imzolaganmiz. Daladan keltirilgan kunjut tozalanib, poʻstidan ajratiladi. Zamonaviy uskunalar orqali korxonamizda mahsulotga “qayta hayot” beriladi. Tayyor mahsulot ichki bozordan tashqari Turkiya davlatiga eksport qilinmoqda. Kelgusida Yevropa va MDH davlatlari bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirganmiz.

Manbaa:urganchshahar.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.