Prezidentning tegishli farmoni (PF-177, 26.07.2022) bilan Komil Ismoilovich Allamjonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2158)
Maʼlumot uchun: ushbu lavozim yangi tashkil etildi hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish va axborot siyosatiga masʼul boʻladi. Oʻz navbatida Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — Prezident matbuot kotibi lavozimi ham saqlab qolinadi.
Manbaa: jurnalistlar.uz