“Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” taqdimoti

0
261
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan “Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” taqdimotiga bagʻishlangan  matbuot anjumani oʻtkazildi.

«Yoʻl xaritasi» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi 4151-sonli qarori bilan tasdiqlangan boʻlib, bosmaxona uskunalarini modernizatsiya qilish, bosmaxona va ishlab chiqarish binosini taʼmirlash, “Koʻzi ojizlar jamiyati” tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda koʻzi ojizlarga ijtimoiy jihatdan sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, ularni oʻquv, badiiy, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlar bilan taʼminlash uchun qulay sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Tadbirda davlat idoralari, jamoatchilik tashkilotlari, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik va xalqaro tashkilot vakillari, mutaxassislar, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil  Allamjonov maʼruza qildi.

Agentlik rahbari oʻzining  tahliliy maʼruzasida koʻzi ojiz bolalarning boshqa bolalardan farq qilmasligi va ular ham toʻlaqonli hayot kechirishi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi, oʻzining intellektual imkoniyatlarini toʻliq koʻrsata olishi,  oʻzini jamiyatda boshqalardan kam his qilmay, hamma qatori yashashi uchun juda koʻplab ishlarni amalga oshirish lozimligini  taʼkidlab, sohadagi yutuq va kamchiliklarni sharhlab berdi.

Maʼruza bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining telegrammdagi  ijtimoiy tarmoqida toʻliq tanishish mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.