24-26 may kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida ot sporti boʻyicha Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi boʻlib oʻtdi. 3 kun davom etgan qiziqarli musobaqada terma jamoamiz vakillari 4 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Eng muhimi, musobaqaning yakunlovchi kunida asosiy yoʻnalishdagi oltin va bronza medallari hamyurtlarimiz Gʻayrat Nazarov hamda Umid Komilovga nasib etdi. Batafsil:
1-kun:
Konkur N 1 (tezkor) – Toʻsiqlar balandligi – 130 sm.
1. Yerjan Korabay (Qozogʻiston)
2. Abdurahmon Abdullayev (Oʻzbekiston)
3. Ibrohim Shokirov (Oʻzbekiston)
Konkur N 2 (ikki toʻsiq) – Toʻsiqlar balandligi – 120-130 sm.
1. Saidamirxon Turgʻunbayev (Oʻzbekiston)
2. Oqil Sobirjonov (Oʻzbekiston)
3. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston)
2-kun:
Konkur N 3 Millatlar kubogi (jamoaviy) – toʻsiqlar balandligi – 120-130 sm.
1. Oʻzbekiston (Saidamirxon Turgʻunboyev, Abdurahmon Abdullayev, Gʻayrat Nazarov, Oqil Sobirjonov)
2. Qirgʻiziston
3. Qozogʻiston
Konkur N 4 – Toʻsiqlar balandligi – 140 sm.
1. Aleksandr Tishkov (Qozogʻiston)
2. Kamil Sabitov (Qirgʻiziston),
Saidamirxon Turgʻunboyev (Oʻzbekiston) va
Oqil Sobirjonov (Oʻzbekiston)
(uch ishtirokchida bir xil natija)
Konkur N 5 – Toʻsiqlar balandligi – 120 sm.
1. Temur Azizov (Oʻzbekiston)
2. Saidamirxon Turgʻunboyev (Oʻzbekiston)
3. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston)
3-kun:
Konkur N 6
FEI World Cup GranPrix – Toʻsiqlar balandligi – 140-160 sm.
1. Gayrat Nazarov (Oʻzbekiston)
2. Kamil Sabitov (Qirgʻiziston)
3. Umid Komilov (Oʻzbekiston)
Musobaqada sportchi sifatida ishtirok etgan Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev safar davomida Qirgʻiziston beshkurash federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik borasida memorandum imzoladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi matbuot kotibi.