Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

0
123
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

2022 yil 9 – 18 avgust kunlari Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini oshirishga qoʻshgan hissasi uchun gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlarni ragʻbatlantirish, yoshlarni professional sportga keng jalb qilishni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki:

a) V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:

oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari;

b) V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:

oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

2. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh.Tashmatov, O.Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M.Tashxodjayev), tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari:

V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari hamda ularni tayyorlagan trenerlar roʻyxatini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.Koʻchimov) va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev) bilan birgalikda bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilishi hamda ushbu jarayon ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.