Koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari

0
198
marta koʻrilgan.

2022 yilning 3 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, qator qoida va talablar belgilandi:

* koʻp kvartirali uyning eʼlonlar taxtalarida joylashtirilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati;
* boshqarish organi joylar mulkdorlariga va boshqa foydalanuvchilarga soʻrovnomalariga javob berishi kerak boʻlgan muddatlar, shuningdek, javobni taqdim etish usullari;
* koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash uchun xizmatlar hamda ishlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash tartibi. Qoidalarga koʻra, mazkur roʻyxat boshqarish organi tomonidan koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari bilan birgalikda shakllantiriladi va koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi;
* koʻp kvartirali uylarni billing tizimi orqali boshqarish tartibi. Billing tizimi deganda boshqarish organi hamda joylar mulkdorlari va boshqa foydalanuvchilar oʻrtasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot almashish jarayoni tushuniladi;
* avariya-dispetcherlik xizmatlarini koʻrsatish tartibi. Boshqarish organi hududda koʻp kvartirali uylarda avariya vaziyatlarini bartaraf etadigan, 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi lozim;
* koʻp kvartirali uylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish tartibi;
* koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlari, uyni boshqarish uchun zarur boʻladigan boshqa hujjatlar hamda texnik vositalar va asbob-uskunalarni topshirish-qabul qilish tartibi.

Qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritildi.

Manba: norma.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.