Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi

0
158
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 2019 yil 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq soʻzlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va sanʼati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida Qoʻshma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.