Koreya Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

0
136
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.  

Bugun Koreya Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Bosh vaziri hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, mamlakatlarimiz hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishadi.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlarining muzokaralari 19 aprel kuni Koʻksaroyda boʻlib oʻtadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Imzolash uchun salmoqli hujjatlar toʻplami tayyorlangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida alohida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.