Korxonalar tashkil etilmoqda, endi sifatga eʼtibor berish kerak

0
455
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻrgʻontepa tumanidagi «Khantex Group» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Andijon viloyatiga oʻtgan yili may oyidagi tashrif chogʻida jamiyat tomonidan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilgan edi. Bugunga kelib bu rejalar toʻla amalga oshirildi. Ulkan yigiruv sexi binosi qurilib, Shveysariyaning «Riter» kompaniyasidan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatildi. Hududda yashovchi 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish joyiga ega boʻldi. 

Bu hali dastlabki ishlar. Keyingi bosqichlarda mato toʻqish, uni boʻyash, tayyor kiyim-kechaklar va sochiqlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 58 million yevro boʻlib, korxona toʻliq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 9 ming tonnadan ziyod ip-kalava, qariyb 6 million pogona metr gazlama, 10 million donadan ortiq tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. 1500 ta ish oʻrni yaratiladi. Eksport hajmini 40 million dollarga yetkazish moʻljallangan.

Shuningdek, klaster negizida 2 ming tonna yogʻ, 7,5 ming tonna shrot, 5,4 ming tonna sheluxa ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy yogʻ-ekstraksiya zavodi hamda chorva kompleksi tashkil etish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan. Agrotexnika ishlari uchun «John Deere» va «Case» kompaniyalarining 13 turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi keltirilgan. 

Davlatimiz rahbari klasterning yigiruv sexini kirib koʻrdi.

— Shu paytgacha joylarda turli korxonalarni tashkil etish boʻyicha ishladik. Endi sifatga eʼtibor berish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu yerda Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik va tomorqachilik orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan rejalar, Oʻzbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar muhokama qilindi. 

Prezidentimiz loyihalarni maʼqullab, ular yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.