Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Oʻzbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatinitashkil etish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida
dunyoning barcha davlatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar toʻxtatilganligi;
xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, (respublikada doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno), shuningdek, yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarini (avtobus, yengil avtotransport va temir yoʻl transporti vositalari) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga barcha chegara oʻtkazish punktlari orqali kirib kelishi toʻxtatilganligi;
davlat oliy taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, maktabdan tashqari va maktabgacha taʼlim muassasalarida hamda barcha nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonlari toʻxtatilganligi va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan boshqa bir qator choralar koʻrilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 24 mart soat 00.01 dan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib (keyingi oʻrinlarda – Tartib) joriy etilsin:
koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganligini inobatga olib va ushbu infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yoʻl transporti vositalari orqali) toʻxtatiladi, bundan ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bogʻliq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi;
Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash boʻyicha majburiy tibbiy nazorat oʻrnatiladi;
respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi taʼminlanadi;
davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish imkon qadar “onlayn” rejimga oʻtkaziladi;
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari koʻriladi.
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Milliy gvardiya va Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Tartibning amal qilish davrida, zaruratga koʻra, qoʻshimcha yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etish choralarini koʻrsin.
3. Tartibning amal qilish davrida quyidagilar oʻrnatilsin:
a) koronavirus infeksiyasi aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, shu jumladan 2020 yil yanvar-mart oylarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlib, Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan shaxslar:
Komissiya qarorlariga, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
Oʻzbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlgan vaqti va joyi toʻgʻrisida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga;
oʻzida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va harakatlanish yoʻnalishlari haqida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga;
14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyasiya sharoitida boʻlishga;
sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyasiya rejimida boʻlishga oid talablarga qatʼiy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qoʻllash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan oʻtishga majburdirlar;
v) koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qoʻyiladi;
g) idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qoʻllagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;
ish joylarida xodimlarning tana haroratini oʻlchash va tana harorati yuqori boʻlgan xodimlarni ish joyida boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ushbu xodimlar toʻgʻrisida sogʻliqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;
davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda boʻlganlar haqida darhol maʼlumot berish, kasallangan shaxs boʻlgan joylarni dezinfeksiyadan oʻtkazish choralarini koʻrish;
xodimlarga izolyasiya rejimida boʻlishga oid talablarga rioya etishda koʻmaklashish;
d) savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy boʻlinmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish yoʻli bilan dezinfeksiya vositalari bilan taʼminlanadi;
e) Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.
4. Belgilansinki:
Komissiya mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni muvofiqlashtiradi va zarur hollarda qoʻshimcha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalar ijrosini taʼminlaydi.
5. Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda bir kun muddatda toʻlovlarni amalga oshirishning masofaviy shakllarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi qabul qilingan qonun hujjatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan tibbiyot sohasidagi yangi yondashuv hamda ixtirolar toʻgʻrisida har kunlik maʼlumotni Komissiyaga taqdim etib borsin.
karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular oʻrtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari qurilishini qisqa muddatlarda taʼminlasin.
10. Komissiyaga joriy etilgan Tartibning amal qilish davrida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
koronavirus infeksiyasi aholi oʻrtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlarning (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) aholiga qatʼiy belgilangan narxlarda uzluksiz yetkazib berilishini nazorat qilish;
respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatni muntazam tahlil qilish va vaziyat barqarorlashgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tartibning amal qilishini tugatish yuzasidan taklif kiritish.
11. Komissiyaga uning zimmasiga yuklatilgan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berilsin:
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tekshirish hamda nazoratni olib borish;
alohida aholi punktlari va hududlarda karantin tadbirlari hamda karantin joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlardan hujjatlar talab qilish hamda ularning rahbarlarini koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarini Komissiya majlislarida eshitish;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining aybi (harakati yoki harakatsizligi) bilan koronavirus infeksiyasi avj olishiga yoʻl qoʻyilganda, ularni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida yuqori turuvchi tashkilotlarga, shuningdek, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻrib chiqishi uchun kiritish.
12. Belgilansinki, Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Tartibning amal qilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha:
dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun, istisno tariqasida, tenderlar yoki tanlov savdolari oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Tartibning amal qilish davrida aholining real daramodlarini barqarorligini taʼminlash maqsadida ishchilarga oylik ish haqlari uzluksiz va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlab borsin hamda respublikadagi bandlik darajasini tushib ketmaslik boʻyicha aniq va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya Tartibning amal qilish davrida jamoat tartibini saqlash choralarini kuchaytirsin.
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
masʼul vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat hamda joriy etilgan Tartib toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib borilishini taʼminlasin.
18. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
23 mart 2020y. №176