Turli asosli sabablar tufayli test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari tugagach, 4 kundan keyin ular uchun qayta imtihonlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Qoʻshimcha qilishlaricha, abituriyent test sinovlariga kelgan vaqtida isitmasi yuqori boʻlsa, shifokorlar tomonidan tegishli ravishda tekshiruv tashkil etiladi. Agar unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, test sinovlari tugagach tashkil etiladigan imtihonda qatnashish imkoniyati beriladi. Koronavirus aniqlangan abituriyentlar esa bu yilgi test sinovlariga QOʻYILMAYDI! Ushbu infeksiya bilan kasallangan abituriyentlar imtihonda qatnashishi uchun koronavirusdan sogʻayganligi haqidagi maʼlumotnomani taqdim etishi lozim boʻladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKA shtabidagi brifingda maʼlum qildi.
Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabovning qoʻshimcha qilishicha, koronavirusga chalingani tufayli test imtihonlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning imtihon uchun toʻlagan pullarini qaytarish choralari koʻrilmoqda. Davlat qabul komissiyasi bayonnomasiga ushbu masala boʻyicha taklif kiritilgan.